22:03 / 29.03.2018
4 311

JCh-2018 ni boshqaradigan 36 bosh hakam va 63 yordamchilari e’lon qilindi

JCh-2018 ni boshqaradigan 36 bosh hakam va 63 yordamchilari e’lon qilindi
FIFA hakamlar qo‘mitasi Rossiyadaga jahon birinchiligini boshqaradigan 36 nafar bosh hakam va 63 yordamchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Hakamlar 46 davlat vakillari sanalishadi.

So‘nggi uch yil mobaynida hakamlar qo‘shimcha seminarlarda ishtirok etishdi. Ularda asosiy mavzu bo‘lib o‘yinning halolligini ta’minlash, futbolchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish va to‘g‘ri boshqarib borish yanada o‘rgatilgan.

O‘zbekistondan bosh hakam sifatida Ravshan Ermatov va uning ikki yordamchilari Abduxamidullo Rasulov hamda Javohir Saidov ko‘mak berishadi.

Osiyodan 6 nafar bosh hakam va 10 ta yordamchilar Rossiyada ishlashadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 ni boshqaradigan 36 bosh hakam va 63 yordamchilari e’lon qilindi