11:23 / 30.03.2018
3 098

Aleksandr Mochinov: «So‘g‘diyona» rahbariyatidan iste’fo talab qilaman

Jizzaxda bo‘lib o‘tgan “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov matbuot anjumanida rahbariyatdan iste’fo talab qilishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda jizzaxliklar 1:3 hisbida imkoniyatni boy berdilar.

“So‘g‘diyona” jamoasiing potensiali juda yuqori, afsuski men buni yuzaga chiqara olmadim. Bu yerda ancha yaxshi tarkib jamlangan, ammo men ulardan to‘g‘ri foydalana olmadim deb hisoblayman.

Butun ma’suliyat va aybni o‘z zimmamga olaman, hamda rahbariyatdan iste’fo so‘rayman. Umid qilamanki, keladigan yangi bosh murabbiy jamoadagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya oladi va “So‘g‘diyona”ni yuqori o‘rinlarga olib chiqadi. Men esa jizzaxlik muxlislardan uzr so‘ragan holda, rahbariyatdan iste’fo berishlarini talab qilaman”, - deydi mutaxassis.

Ta’kidlash joiz, uchrashuvdan so‘ng mahalliy ishqibozlar stadion yonida o‘z noroziliklarini bildirishdi va baralla ovozda Mochinovdan iste’fo talab qilishdi.

Jizzaxliklar rahbariyatining ushbu holat yuzasidan rasmiy qarori yaqin o‘rtada chiqishi kutilmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mochinov: «So‘g‘diyona» rahbariyatidan iste’fo talab qilaman