22:04 / 30.03.2018
3 945

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni irodali tarzda yengdi

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni irodali tarzda yengdi
O‘zbekiton Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. 15 421 tomoshabin guvohligida o‘tgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv ikki tomonning faolligi ostida boshlandi. 37–daqiqada “Buxoro” burchak zarbasidan unumli foydalandi Marko Klisuro raqib jarima maydonchasidagi bo‘shliqdan foydalanib darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va “Buxoro”ni oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng hisobni oshirish uchun mehmonlarda yana imkoniyatlar bo‘ldi, biroq buxoroliklar ulardan unumli foydalana olmadilar.

Birinchi bo‘lim yakunida poytaxt vakillari hisobni tengashtirishga erishdilar: Murodjon Toshmatov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoni markaziga uzatdi, u yerda Javlon Ibrohimov to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi.

Ikkinchi bo‘lim ham ketma-ket hujumlar bilan boshlandi, ayniqsa mezbonlarda bir qator qulay vaziyatlar yuzaga keldi.

71-daqiqada Xurshid G‘iyosov mehmonlar darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va kuchli zarba bilan hisobni jamoasi tomoniga og‘dirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Filip Rayevats “Bunyodkor”ning uchinchi golni urdi.

Superliga, 4-tur
"Bunyodkor" – "Buxoro" 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar:
0:1 – 37 Klisura, 1:1 – 42 Ibrohimov, 2:1 – 71 G‘iyosov, 3:1 – 90+2 Rayevats.

"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibroximov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevats 64), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev (Davronbek Umirov 76), Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov.

"Buxoro": Asilbek Amonov, Bobur Omonov, Marko Klisura, Arslanmurot Omonov, Salamat Qutiboyev, Nozim Umurov (Robbimjon Hasanov 46), Shavkat Salomov, San’at Shixov, Bahodir Nasimov (Shahboz Erkinov 70), Artyom Filiposyan, Aziz Ibragimov (Rahmatullo Berdimurodov 46).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni irodali tarzda yengdi