08:02 / 01.04.2018
3 691

Ilhom Mo‘minjonov: "Durangga mos o‘yinda yutqazdik"

Илҳом Мўминжонов: "Дурангга мос ўйинда ютқаздик"
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov va “Navbahor” a’zosi Oston O‘runovlar ishtirok etishdi.

Ilhom Mo‘minjonov: Bugungi o‘yin jangovor o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa shiddatli o‘ynashga harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda hujumchimiz vaziyatdan foydalana olmadi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida himoyada xatoga yo‘l qo‘ydik va bu xato qimmatga tushdi.

Bu futbol, 15 daqiqa qolganda hujumchini tushirdik. Ayubxon No‘’monov zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirdi. Lekin himoyadagi xatoimiz bizga qimmatga tushdi. Murabbiy qaysi payt futbolchi tushirishni sezishi kerak. Bugungi mag‘lubiyatga o‘zimiz sababchi bo‘ldik. Aybni birovdan axtarish kerak emas. “Qo‘qon-1912”ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Durangga mos bo‘ladigan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik.

Oston O‘runov: O‘yin derbiga xos tarzda vaziyatlarga boy bo‘ldi. Muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Durangga mos o‘yinda yutqazdik"