21:39 / 01.04.2018
4 623

Ronaldu yozda "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi

Роналду ёзда "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi yana "Manchester Yunayted"ga qaytishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra mankuanliklar o‘zining sobiq yulduzi uchun “qirollik klubi”dan ko‘ra ko‘proq to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real” safiga 2009 yil aynan MYudan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum madridliklar safida jami 35ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 37ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yozda "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi