10:24 / 02.04.2018
3 708

OChL-2018: “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yinoldi rasmiy tadbirlari xususida

OChL-2018: “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yinoldi rasmiy tadbirlari xususida
3 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o‘yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Bugun, 2 aprel kuni mazkur o‘yin oldidan bir qator o‘yinoldi tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00da) har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tadi. Unda o‘yin kuni tomonlar qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari masalasiga oydinlik kiritiladi. Bu haqda "Lokomotiv" rasmiy sayti xabar bermoqda.

So‘ng mahalliy vaqt bilan soat 16:00da “Lokomotiv” jamoasi ustozi va bir nafar yetakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00dan boshlab esa “Lokomotiv” futbolchilari o‘yin bo‘ladigan “Zayed Sports City” o‘yingohida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishadi.

Ta’kidlab o‘tamiz, “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:10da “Zayed Sports City” stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL-2018: “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yinoldi rasmiy tadbirlari xususida