15:45 / 05.04.2018
2 773

Bora Milutinovich: «O‘zbekiston futboli atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan»

Bora Milutinovich: «O‘zbekiston futboli atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan»[left][/left]
Bugun e’tiboringizga dunyo futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan, bir nechta terma jamoalarni Jahon chempionatiga olib chiqqan va ayni damda Qatar davlatida yashayotgan serbiyalik mutaxassis Bora Milutinovichning o‘zbek futboli haqidagi fikrlarini havola etamiz.

Aslida, u bilan yanvar oyining oxirlarida gaplashgandim va intervyuni atayin saytning yangi dizayni uchun olib qo‘ygandim. Bugun vaqti yetibdi, sizga ham ilinmoqchiman.

Xizmat safari va hamkorlik yuzasidan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan Doha shahriga "Al-Garafa"ga qarshi o‘yinga borgandim. O‘sha yerda, Dohaning diqqatga sazovor joylarining birida, aniqrog‘i Doha Villagio majmuasida ushbu mutaxassis bilan ko‘rishib qoldim. Men bilan birga bo‘lgan va Toshkentdan kelgan yana 3 ta ishqiboz ham Milutinovichni ko‘rishdi, lekin ular shoshayotganlari bois o‘z yo‘llarida davom etishdi.

Men fursatini topib, u bilan ikki og‘iz suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldim. Savol va javoblarni biz bir-birimizga beraverdik.

- Mister Milutinovich, assalomu aleykum! (arabcha talaffuzda salomlashishga harakat qildim, chunki u allaqachon arab tilini o‘rganib ketgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildim)
- Salom, yaxshimisiz?

- Meni eslay olmasangiz kerak, siz bilan Braziliyada ko‘rishgandik. Men o‘zbekistonlikman, jurnalistman.
- (bir fursat o‘ylanib) Bo‘lsa bordir, yaxshimisiz? O‘zbekiston tinchmi? Nimalar qilib yuribsiz bu yerlarda?

- Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan kelgandik, "Al-Garafa"ga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Sog‘liqlaringiz joyidami? Dohada yashayapsizmi?

- Ha yaxshi bo‘libdi. Kuchli o‘yin bo‘lsa kerak kechqurun. "Garafa" legionerlarni sotib olgan. Sog‘liqlar ko‘z tegmasin joyida (kulib). Bir necha yildan beri Dohadaman. O‘zbekiston chiqa olmadi-ya Jahon chempionatiga?

- Afsusi, ha. O‘zbekiston bu safar ham mundialga bora olmaydigan bo‘ldi. Sizga o‘xshagan mutaxassislar termamiz shtabida ishlaganida balki biz ham boshqalarga o‘xshab JCh shukuhini his qilarmidik?!

- Bizga endi kech. Yuraklar ortiqcha urishga bardosh bera olmaydi. 70 dan keyin odam o‘zini asrashi kerak. Termangizni salohiyati yetardi, ammo...

- Gapingiz to‘g‘ri, lekin o‘sha alamlar qolganda, unutish qiyin bo‘lyapti.
- Katta muvaffaqqiyatlarga erishishdan avval mag‘lubiyatni obdon ta’tib ko‘rish lozim. Avvalam bor, mag‘lubiyatlar jonga tegishi kerak. Bu tabiiy jarayon va u o‘tib ketadi. O‘zbekiston termasida imkon yetarli deb o‘ylayman. Sizlar Osiyo futbolida mavqega egasiz. Faqat hamma davlatda bor bo‘lgani kabi, futbolingiz atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan. Ulardan keyin futbolingiz baribir ko‘tariladi. Bu hammada bor narsa. Vaqt o‘tgach, tushunib yetishadi.

- Biz ham umid qilyapmiz. O‘zbekiston futbolida o‘zgarishlar ko‘p bo‘lyapti. Mevasi bo‘p qolar axir...
- Nega bo‘lmas ekan? Agar to‘g‘ri ish qilayotgan bo‘lsangiz, bir kun kelib hosilini ko‘rasiz. Menimcha, terma jamoa, umuman klub miqyosida bo‘lsa ham murabbiylar shtabiga horijdan eng kamida ekspert olib kelish kerak. Jismoniy holat uchun alohida mutaxassis jalb qilish lozim. Men yevropaliklarni nazarda tutyapman.

- Tushunarli. Bizda ham endi shunga qarab ketyapti. Maqsadlar ulkan. 2022 yilga kelmasak bo‘lmaydi.

- Kelinglar, nasib qilsa ko‘risharmiz yana.

- Aytinchi, Qatar JCh-2022ga ulgurarmikan? Men ko‘ryapmanki, hali unaqa tayyorga o‘xshamaydi. Stadionlar ham to‘liq bitmagan, yo‘llarda ta’mirlash ishlari va hokazo.
- Hukumat ulguramiz deyaptiku. Ulgursa kerak. Boshqa tarafdan esa "money isn't everything" (u bu gapi bilan har doim ham pul hal qilavermaydi, demoqchi bo‘ldi shekilli)

- Bora, sizga omad! Sog‘ bo‘ling! O‘zbekistonga keling, mehmon bo‘lib.
- Rahmat, nasib qilsa albatta.
A.Akbarov suhbatlashdi

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bora Milutinovich: «O‘zbekiston futboli atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan»