00:28 / 08.04.2018
3 788

Nivaldo 25 mln so‘m jarima va 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Nivaldo 25 mln so‘m jarima va 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
“Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” o‘yini yuzasidan O‘FA Tartib intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘ilishda uchrashuv komissarining bildirgisi, o‘yin qayd etilgan videoyozuv ko‘rib chiqildi. O‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo hamda Sardor Mirzayevning hatti- harakatlari o‘rganib chiqildi va qaror qabul qildi.

Bunga ko‘ra, ”Lokomotiv” o‘yinchisi Nivaldoga nisbatan Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi. “

Lokomotiv” o‘yinchisi Sardor Mirzayevga nisbatan esa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko‘rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo‘lib, madaniy dam olishlarini ta’minlashdan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nivaldo 25 mln so‘m jarima va 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi