12:47 / 08.04.2018
5 235

Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi

Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi
Aralash qoidalar jangchisi, rossiyalik Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi. Bruklinda o‘tgan titul jangida u amerikalik El Yakvintaga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Dastlabki ikki raundda Nurmagomedov stixiyali uslubini qo‘lladi - raqib ustidan ustunlik qildi, uchinchi raundni jangchilar tik oyoqda o‘tkazishdi. To‘rtinchi raund hal qiluvchi bo‘ldi, zarbalar bo‘yicha rossiyalik sportchi 42-8 hisobida ustun keldi. Beshinchi raund ham Nurgomedov ustunligida o‘tdi, zarbalar bo‘yicha yakuniy hisob - 179-25, hakamlar bir ovozdan uni g‘olib deb e’lon qilishdi (50-44, 50-43, 50-43) va u UFC chempioni bo‘lgan ilk rossiyalikka aylandi.

Bu Nurmagomedovning 26 jangdagi 26-g‘alabasi bo‘ldi. Yakvinta to‘rtinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylandi