20:18 / 10.04.2018
3 550

Gvardiola: «Manchester Siti» chiqishi kerak bo‘lgan cho‘qqi juda ham baland

Gvardiola: «Manchester Siti» chiqishi kerak bo‘lgan cho‘qqi juda ham baland
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola YeChL 1/4 final «Liverpul» jamoasiga qarshi javob o‘yinidan oldin o‘z shogirdlarini maqtab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz birinchi bahs «Enfild» stadionida 3:0 hisobida yakun topgan.

«Mening jamoam juda ham kuchli, ularni hech kim bilan solishtirib bo‘lmaydi. O‘zgacha darajadagi top-klub deyish mumkin. Ularga ustozlik qilish – juda maroqli. Uch kun avval «Manchester Yunayted» bilan o‘ynaganda ham ularning o‘yinidan mamnun edim.

Biz Yevropaning barcha jamoalari bilan jang qilishga tayyormiz, ammo chiqishimiz kerak bo‘lgan cho‘qqi juda ham baland. Balki, keyingi qadam bosishimiz uchun biroz vaqt kerakdir. Ushbu mavsum oldingisidan yaxshi o‘ynadik va men shuni sezib turibmanki keyingi mavsum yanada yaxshi bo‘ladi. Oldinga intilish lozim va biz buni hozir amalga oshiramiz», - deydi Gvardiola Daily Mail nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: «Manchester Siti» chiqishi kerak bo‘lgan cho‘qqi juda ham baland