20:43 / 10.04.2018
3 595

«Klopp: «Manchester Siti» o‘yin boshida haqiqiy to‘fon uyushtirishga qodir

«Klopp: «Manchester Siti» o‘yin boshida haqiqiy to‘fon uyushtirishga qodir
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp YeChL 1/4 final «Manchester Siti» jamoasiga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi o‘yin «Liverpul» foydasiga 3:0 hisobida yakun topgan va bu bahs «Etixad» stadionida kechadi.

«Ular o‘yinni «Manchester Yunayted» bilan bo‘lganidek boshlashi mumkin, yarim soatda ikkita gol. O‘sha birinchi bo‘lim men guvohi bo‘lganlarning orasida eng yaxshisi. Ular haqiqiy to‘fon uyushtirishdi. Ammo ikkinchi bo‘limda o‘yin o‘zgarib ketdi. Bizning bahsda esa har xil ssenariylar bo‘lishi mumkin. Ular erta gol urib qo‘yishi mumkin, biz erta gol urishimiz va shu kabi.

Men futbolchilarimga: «Yigitlar! Ertaroq gol urishga harakat qiling»!! deb ayta olmayman. Buning yordam berishiga ishonmayman ham. Biz yanada global narsalar haqida o‘ylashimiz kerak – maydonning qayerida nima qilish kerak. Birinchi o‘yindan keyin barcha o‘yinchilar oldinda javob uchrashuvi borligini bilishgan. Hisobda oldinda borish, bu hali g‘alaba degani emas. Javob o‘yinini ham ajoyib o‘tkazishimiz lozim bo‘ladi», - deydi Klopp Daily Mail nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Klopp: «Manchester Siti» o‘yin boshida haqiqiy to‘fon uyushtirishga qodir