17:05 / 11.04.2018
3 773

Gvadiola: Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarang!

Gvadiola: Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarang!
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvadiola YeChL 1/4 final bosqichida «Liverpul» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berib o‘tdi.

«Liverpul» - top-murabbiyga ega top-jamoa. Ular finalda o‘ynashga ham haqli deyishim mumkin.

Musobaqadagi ajoyib o‘yinlar uchun o‘z futbolchilarimni tabriklayman. Ular barchasini yaxshi bajarishdi va endi butun e’tiborni premer-ligaga qaratish lozim.

Birinchi bo‘limda biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik. Biz vaziyatlar yaratdik, himoyada 11 ta raqib futbolchisi bo‘lishiga qaramay. Keyingi bosqichga yo‘l olish juda ham qiyinligini bilar edik. Men har bir o‘yinni alohida tahlil qilishim lozim. Agar statistikaga qarasangiz, bir premer-ligada eng yaxshi jamoamiz. Uchta o‘yin ketma-ket mag‘lubiyat, ammo bizning kuchli ekanligimizni premer-liga jadvali ko‘rsatib turibdi.

Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarang! Bu misli ko‘rilmagan musobaqa. «Enfild» stadionida biz vaziyat yarata olmadik, lekin ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, uyda esa birinchi bo‘lim chiroyli kechdi. Bizga qarshi o‘ziga hos jamoa qarshilik qildi.

Butun mavsum davomida bitta saviyada o‘ynab bo‘lmaydi. Balkim, qanday qilib kelajakda yanada kuchli bo‘lish mumkinligini anglab yetarmiz. Ammo hozir men o‘z o‘yinchilarimga rahmat aytishim lozim», - deydi Gvardiola.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvadiola: Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarang!