22:50 / 11.04.2018
3 874

Ilhom Mo‘minjonov: "So‘g‘diyona" to‘la haqli g‘alabaga erishdi"

Илҳом Мўминжонов: "Сўғдиёна" тўла ҳақли ғалабага эришди"
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirdi.
"2:0 hisobida oldinda edik, uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganida "So‘g‘diyona" irodali g‘alabaga erishdi. Ular bunga to‘la haqli edilar. Chunki bizning futbolchilar bahs so‘nggida butkul konsentratsiyani yo‘qotishdi va ketma-ket gollar o‘tkazib yubordik.

Birinchi taymda chiroyli o‘ynadik deb o‘ylamayman. Shunchaki ikkita vaziyatdan ikkita gol urdik. Birinchi taymdayoq 3ta gol o‘tkazib yuborishimiz kerak edi. "So‘g‘diyona" bizdan ancha ustunlik qildi. Shijoat ko‘rsatishdi. Yigitlar g‘alaba uchun tushishgani ko‘rinib turibdi. Biz esa qo‘limizdan kelganicha o‘ynadik", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "So‘g‘diyona" to‘la haqli g‘alabaga erishdi"