23:15 / 11.04.2018
3 586

Andrey Kanchelskis "Paxtakor" - "Qizilqum" o‘yiniga tashrif buyuradi

Андрей Канчельскис "Пахтакор" - "Қизилқум" ўйинига ташриф буюради
Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri sanalgan Andrey Kanchelskis ertangi uchrashuvga tashrif buyuradi.
Kanchelskis faoliyati davomida "Dinamo" (Kiyev), "Shaxtyor", "Manchester Yunayted", "Everton", "Fiorentina", "Glazgo Reynjers", "Manchester Siti" kabi Yevropa va jahonga mashhur klublar sharafini himoya qilgan. Angliya va Shotlandiya chempioniga aylangan. 1992 va 1996 yilgi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.

Ayni paytda u aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi xayriya jamg‘armasi a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Kanchelskis ertangi uchrashuvning faxriy mehmoniga aylanadi.

Manba: pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis "Paxtakor" - "Qizilqum" o‘yiniga tashrif buyuradi