17:39 / 12.04.2018
3 768

Andres Inyesta Xitoy klubiga o‘tadigan bo‘ldi

Andres Inyesta Xitoy klubiga o‘tadigan bo‘ldi
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Andres Inesta Xitoyning «Tyangjin Syuangjian» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Sky Sports nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Inesta Xitoy klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan, unga ko‘ra, bitim yana bir yilga avtomatik tarzda uzayishi mumkin (3+1) bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchi buning evaziga klubda yiliga 37 million yevro maosh oladi va Messidan keyin dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchisiga aylanadi.

Inesta oktyabr oyida «Barselona» bilan faoliyatining so‘ngiga qadar shartnoma imzolagandi. Keyinroq matbuotda uning 30 aprelga qadar «ko‘k-anorranglilar»ni jamoani tark etishi yoki etmasligini aytib ogohlantirishi lozim edi. O‘tgan oyda futbolchi Xitoy klubi variantini ko‘rib chiqayotgani haqida klubni xabardor qilgan.

Inesta «Barselona» tizimida 1996 yil sentyabrdan buyon to‘p surib keladi. O‘shanda u 12 yoshda bo‘lgan. 2002 yilning oktyabrida esa asosiy jamoa safida debyut qilgan. Umumiy hisobda futbolchi «Barselona» bilan 4 karra YeChL, 8 karra Ispaniya chempioni, 5 karra mamlakat kubogi, 6 karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi bo‘lgan. Milliy terma jamoa safida 2010 yilda jahon chempioni va ikki karra Yevropa (2008, 2012) chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andres Inyesta Xitoy klubiga o‘tadigan bo‘ldi