21:57 / 12.04.2018
3 837

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 16 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 16 pog‘ona pastladi
FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida durang va mag‘lubiyat qayd etgan milliy terma jamoamiz reytingda keskin pasayib ketdi.

O‘tgan oy 72-o‘rindan joy olgan O‘zbekiston termasi bu safar 88-pog‘onaga tushib ketdi. Bundan tashqari yurtimiz vakillari Osiyoda 13-o‘ringa tushib ketishgan.

O‘zbekistonni bu oyda Qirg‘iziston, Suriya, BAA, Livan, Falastin va Ummon kabi terma jamoalar ortda qoldirib ketishgan.

Umumiy ro‘yhatni oldingidek amaldagi jahon chempionlari boshqarib turishibdi. Braziliya esa ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan. Portugaliya uchinchi o‘rinni Belgiyaga bo‘shatib bergan.

FIFA reytingi bilan tanishing:
1 (1). Germaniya – 1533 ochko
2 (2). Braziliya – 1384
3 (5). Belgiya — 1346
4 (3). Portugaliya — 1306
5 (4). Argentina — 1254
6 (8). Shveysariya — 1179
7 (9). Fransiya — 1166
8 (6). Ispaniya — 1162
9 (10). Chili — 1146
10 (6). Polsha — 1118
****
36 (33). Eron — 727
40 (37). Avstraliya — 700
60 (55). Yaponiya — 528
61 (59). Janubiy Koreya — 520
70 (69). Saudiya Arabistoni — 445
73 (65). Xitoy — 431
75 (115). Qirg‘iziston — 424
76 (74). Suriya — 423
81 (79). BAA — 405
82 (87). Livan — 404
83 (73). Falastin — 401
87 (103). Ummon — 383
88 (72). O‘zbekiston — 381
89 (84). Iroq — 381
97 (99). Hindiston — 354.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 16 pog‘ona pastladi