22:53 / 12.04.2018
4 886

Davron Fayziyevning “Real” – “Yuventus” o‘yinidagi dramatik holat borasidagi fikrlari

Davron Fayziyevning “Real” – “Yuventus” o‘yinidagi dramatik holat borasidagi fikrlari
Xabaringiz bor, YeChL chorak final “Real” – “Yuventus” bahsining oxirgi daqiqalarida uchrashuv bosh hakami turinliklar darvozasi tomon penalti belgiladi va uning qaroriga qarshi chiqqan Janluiji Buffonga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ushbu holatni futbol jamoatchiligi keng muhokama qilmoqda. Bu borada “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvi eksperti Davron Fayziyev quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Referining vazifasi faqat o‘yin qoidalariga amal qilish emas, istisno holatlari bo‘ladiki, o‘yinga kirishib ketishi kerak. Uchrashuv hakami buni amalga oshira olmadi. O‘sha vaziyatda qizilning o‘rniga sariq kartochka ko‘rsatilsa, “Real” muxlislari ham e’tiroz bildirishmasdi.


Bosh hakam o‘zini haqoratlanganini qoidaga zid deb hisobladi, shu narsa hayolida paydo bo‘ldi. Lekin nima bo‘layotganini his eta olmadi. Penalti berding, masala hal. O‘sha holatda referi o‘ylashi kerak edi. Bunday holatlarda butun jamoa uning oldiga yugurib keladi. Mayli, haqorat qilsin, nima qilsa ham futbolchilar gapiradi. 11 metrli jarima zarbasini belgilashni bo‘yniga oldimi, demak haqorat eshitishni ham bo‘yniga olishi darkor. O‘shanda o‘ziga nisbatan ham e’tirozlar kamroq bo‘lardi, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyevning “Real” – “Yuventus” o‘yinidagi dramatik holat borasidagi fikrlari