10:27 / 13.04.2018
3 847

Yevropa Ligasi. «Zalsburg»dan superkambek, «Marsel» «Leypsig»ni sharmanda qildi

Yevropa Ligasi. «Zalsburg»dan superkambek, «Marsel» «Leypsig»ni sharmanda qildi
12 aprel sanasida Yevropa Ligasi ¼ finali doirasida javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yarim finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

Fransiyaning «Marsel» jamoasi yarim finalga chiqish uchun, bundesliga vakili «Leypsig» qarshiligini sindirishga muvaffaq bo‘ldi. Marselliklar dastlabki o‘yinda Timo Vernerning yagona goli sabab mehmondan quruq qo‘l bilan qaytgan edi. Ammo uydagi javob uchrashuvida «Marsel» «Leypsig»ni tor-mor qila oldi. Hisob 5:2 mezbonlar foydasiga. «Marsel» yarim finalda!

Moskvada SSKA Londonning «Arsenal»ini qabul qildi. Dastlabki uchrashuvda Arsen Venger shogirdlari «armiyachilar» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ushbu g‘alaba tufayli o‘yinni ancha xotirjam boshlagan «kanonirlar» uchrashuvning 75-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida ortda bordi. Ammo Denni Uelbekning 75-daqiqada kiritgan goli Venger shogirdlarining yengil nafas olishlariga imkon berdi. 90-daqiqada Aaron Remzi tomonidan kiritilgan gol esa «Arsenal»ni Moskvadan durang bilan qaytishini ta’minladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Arsenal» yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Diyego Simeone boshchiligidagi «Atletiko Madrid» esa Lissabonga safar qildi. Dastlabki uchrashuvda imkoniyatni boy bergan «Sporting» yarim finalga chiqish uchun «Atletiko»ni kamida 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishga urinib ko‘rishi talab etilardi. Ammo lissabonliklar faqatgina 1 ta gol urishning uddasidan chiqdi va yarim finaldan quruq qoldi.

Avstriyada «Zalsburg» hamda Rimning «Latsio» jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Birinchi o‘yinda rimliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ammo javob uchrashuvida avstriyaliklar superkambekni amalga oshirib, «Latsio»ni yarim final yo‘llanmasidan mosuvo qildi. 56, 72, 74, 76-daqiqalarda kiritilgan gollar oxir-oqibat «Zalsburg»ni Yevropa Ligasi yarim finaliga olib chiqdi.

Yevropa Ligasi
¼ final javob uchrashuvlari

«Marsel»— «Leypsig» 5:2
Gollar:
0:1 – 2 Bruma, 1:1 – 6, avtogol Ilzanker, 2:1 – 9 Sarr, 3:1 – 38 Toven, 3:2 – 55 Ogyusten, 4:2 – 60 Paye, 5:2 – 90 Sakai.

Birinchi uchrashuv 0:1

SSKA — «Arsenal» 2:2
Gollar:
1:0 – 39 Chalov, 2:0 – 50 Nababkin, 2:1 – 75 Uelbek, 2:2 – 90 Remzi.

Birinchi uchrashuv 1:4

«Sporting» — «Atletiko Madrid» 1:0
Gol:
1:0 – 28 Montero.

Birinchi uchrashuv 0:2

«Zalsburg» — «Latsio» 4:1
Gollar:
0:1 – 55 Immobile, 1:1 – 56 Dabur, 2:1 – 72 Edara, 3:1 – 74 Xvan Xi Chxan, 4:1 – 76 Layner.

Birinchi uchrashuv 2:4

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi. «Zalsburg»dan superkambek, «Marsel» «Leypsig»ni sharmanda qildi