19:31 / 15.04.2018
4 490

Ro‘ziqul Beridev “Nasaf” nima uchun OCHL-2018 guruh bosqichidan chiqa olmaganini aytdi

Рўзиқул Беридев "Насаф" нима учун ОЧЛ-2018 гуруҳ босқичидан чиқа олмаганини айтди
Ertaga bo‘ladigan “Al Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va himoyachi Igor Golban ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Ertaga bo‘ladigan o‘yinda har ikkala jamoada ham hech qanday bosim yo‘q. Shundan kelib chiqib, erkin va chiroyli o‘yin bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Ikkala jamoa ham bu yilgi OCHL guruh bosqichida guruhdan chiqa olmadi. Aslida biz guruh bosqichidan chiqishga harakat qildik, ammo ayrim yetakchi futbolchilarimizning shu uchrashuvlarda bizga yordam bera olmagani ham bunga imkon bermadi. Shuningdek, safardagi uchrashuvlarda ochko yo‘qotishimiz ham bizni guruh bosqichidan chiqish imkonimizni pasaytirib yubordi.

Biz, albatta, “Al Vasl” jamoasini hurmat qilamiz, jamoa tarkibida tajribali hujumchilar bor. Ammo vaziyat qanday bo‘lmasin, biz ertaga mazmunli o‘yin namoyish etib, ijobiy natija uchun harakat qilamiz.

Igor Golban: - Murabbiyimiz to‘g‘ri ta’kidladi. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham bosim bo‘lmaydi. Chunki, o‘yinning natijasi ikkala jamoa uchun ham unchalik ahamiyatga ega emas. Ammo biz ertaga chiroyli o‘yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand qilishunga urinamiz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Beridev “Nasaf” nima uchun OCHL-2018 guruh bosqichidan chiqa olmaganini aytdi