08:30 / 16.04.2018
3 499

«PSJ» «Monako»ga 7 gol urib, Fransiyaning 7 karra chempioniga aylandi (video)

«PSJ» «Monako»ga 7 gol urib, Fransiyaning 7 karra chempioniga aylandi (video)
«Pari Sen-Jermen» Fransiya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumida muddatidan oldin chempionlikni nishonladi.

«PSJ» Liganing 33-turida ikkinchi o‘rinda ketayotgan «Monako» darvozasiga 7 ta gol urdi (7:1) va mavsum yakuniga 5 tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni 17 ochkoga yetkazdi.

Shu tariqa, parijliklar 7-marta Fransiya chempioniga aylandi (1985/86, 1993/94, 2012/13, 2013/14, 2014/15, 2015/16, 2017/18).

Fransiya chempionati
33-tur
PSJ – Monako 7:1 (4:1, 3:0)
Gollar:
1:0 – 14 Lo Chelso, 2:0 – 17 Kavani, 3:0 – 20 Di Mariya, 4:0 – 27 Lo Chelso, 4:1 – 38 Lopesh, 5:1 – 58 Di Mariya, 6:1 – 76, avtogol Falkao, 7:1 – 86 Draksler.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Berchiche, Lo Chelso (Nkunku, 80), Rabo (Diarra, 65), Draksler, Di Mariya (Mene, 75), Kavani, Pastore.
Monako – Subashich, Ture, Radji, Jemerson, Sidibe (Gezzal, 34), Moutinyu, Fabino, Lopesh (Diakabi, 75), Lemar, Jorje, Falkao (Tilemans, 82).
Ogohlantirishlar: Pastore (40), Fabino (61), Radji (61), Moutinyu (78).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» «Monako»ga 7 gol urib, Fransiyaning 7 karra chempioniga aylandi (video)