07:03 / 17.04.2018
4 227

O‘zbekistonlik futbol muxlislari La Liga e’tirofida

Ўзбекистонлик футбол мухлислари Ла Лига эътирофида
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, u yerda La liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashgan edi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilib, La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

Shuningdek, ikki mamlakatning futbol muxlislari o‘rtasida ham yaxshi aloqalar o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu yilning 6 may kuni La liganing 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “El klasiko” bo‘lib o‘tadi. “Barselona” jamoasi “Nou Kamp” stadionida “Real Madrid”ni qabul qiladi. O‘zbekiston futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatini litsenzion translyatsiya qiladigan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan bo‘lib, “UZREPORT TV” telekanali La liga bahslarini jonli efirda namoyish qilib kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, La liga rahbariyati o‘zbekistonlik futbol muxlislarini “El klasiko” uchun tayyorlanadigan rasmiy videorolikka qo‘shishga qaror qildi.

Endilikda o‘yin kuni “Kamp Nou” stadionidagi monitorda namoyish qilinadigan “El Klasiko”ning rasmiy videoroligida o‘zbekistonlik “Barselona” va “Real Madrid” muxlislari ham namoyon bo‘lishadi.

Bundan tashqari, La liganing "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida "El klasiko" butun dunyodagi muxlislar kutmoqda" degan yozuv bilan o‘zbekistonlik futbol muxlislarining rasmi joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbol muxlislari La Liga e’tirofida