“Lokomotiv” professional futbol klubi mavum oldidan doimgidek o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan edi. Lekin ayni paytga kelib jamoa Superligada 6-turdan so‘ng 5 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Qolaversa, kuni kecha Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirok ham yakunlandi. Holbuki “Lokomotiv” PFK rahbariyati jamoa oldiga birinchi galdagi vazifa etib OChLda guruhdan chiqishni qo‘ygan edi.
Ham ichki, ham xalqaro maydondagi natijalar qoniqarsiz ko‘rinish olgani sababli shu paytga qadar “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelgan Andrey Miklyayev o‘z xohishiga ko‘ra bugun iste’foga chiqish bo‘yicha ariza yozdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jamoa rahbariyati uning iste’fosini qabul qildi va bo‘sh qolgan bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyati Andrey Fyodorovga ishonib topshirildi. Unga murabbiylar shtabida Mirko Yelichich hamda Temur Kapadze yordam berishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi