21:59 / 21.04.2018
4 003

Ro‘ziqul Berdiyev: "Natijadan qoniqmadik"

Рўзиқул Бердиев: "Натижадан қониқмадик"
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot-anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa yetakchisi Jasur Hasanovlar ishtirok etishdi.
- Bugun g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Lekin vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bugun asosan qarshi hujum taktikasida o‘ynadik. Durang natija bugun bizni qoniqtirmadi.

Bugun qarshi hujumlardan samarali foydalanishni maqsad qilgandik. O‘yin tashkil etish borasida shogirdlarim o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi. “Qo‘qon-1912” ancha shakllangan jamoa sanaladi. Shuning uchun bahs og‘ir bo‘lishini bilardim, - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Jasur Hasanov: - Bugun o‘yin yaxshi bo‘ldi. Muxlislar chiroyli o‘yin guvohiga aylanishdi. G‘alaba uchun Qo‘qonga kelgandik. Lekin futbolda durang va mag‘lubiyatlar bo‘ladi. Keyingi bahsda uch ochko olishga harakat qilamiz.

Manba: kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Natijadan qoniqmadik"