00:21 / 22.04.2018
3 688

Angliya kubogi. "MYu" yarim finalda "Tottenhem"ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Англия кубоги. "МЮ" ярим финалда "Тоттенҳэм"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди
Bugun Angliya kubogi yarim finali doirasida "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Hozirgina “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Londondagi “Uembli” stadionida kechgan qarama-qarshilikda “qizil iblislar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Angliya kubogi. Yarim final

Manchester Yunayted – Tottenxem 2:1 (1:1, 1:0)

Golllar:
0:1 – 11 Alli, 1:1 – 24 Sanches, 2:1 – 62 Errera.

Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Valensiya (Darmian, 80), Yang, Pogba, Matich, Lingard (Reshford, 83), Errera, Sanches, Lukaku.

Tottenxem –Vorm, Sanches, Devis (Lukas Moura, 68), Tripper, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 78), Dayer, Alli, Son Xыn Min (Lamela, 86), Keyn.

Ogohlantirish: Valensiya (27), Son Xыn Min (28), Alli (50), Yang (71), Dayer (81), Reshford (85), Errera (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya kubogi. "MYu" yarim finalda "Tottenhem"ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi