22:20 / 23.04.2018
11 029

Dunyoda "eng ko‘p pul topadigan futbolchilar" nomi e’lon qilindi

Дунёда "энг кўп пул топадиган футболчилар" номи эълон қилинди
Fransiyaning mashhur France Football nashri yer yuzida eng ko‘p pul ishlab topayotgan futbolchilarning ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi dunyoda eng ko‘p pul topadigan futbolchi ekan. Uning bir yillik daromadi 125 mln yevroni tashkil qiladi. Bu pullar maosh va reklamadan tushadi.

Ikkinchi o‘rinda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu turadi. Uning bir yillik daromadi 94 mln yevroni tashkil qiladi. Uchinchi o‘rin - PSJ hujumchisi Neymarda. Uniki - 81 mln yevro.

Murabbiylarga kelsak: eng ko‘p maoshni "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu oladi. Uning yillik daromadi 26 million yevro.

Ikkinchi o‘rinda Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi 23 mln yevro bilan bormoqda. Uchlikni "Atletiko" ustozi Diyego Simeone 22 mln yevro bilan band etib turibdi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoda "eng ko‘p pul topadigan futbolchilar" nomi e’lon qilindi