23:12 / 23.04.2018
3 374

O‘zbekistonda futbolchilar doping tekshiruvidan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda futbolchilar doping tekshiruvidan o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, yurtimizda sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O‘zbekistonda samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Qaror bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining «Milliy antidoping xizmati» negizida «Sport psixologiyasi bo‘limi"ni tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Agentlik tarkibida 3 ta bo‘lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta’minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, milliy chempionatimizda halol futbolni targ‘ib qilish, turli qing‘irliklar va g‘irromliklarga barham berish maqsadida, futbolchilar o‘rtasida ham doping tekshiruvi yo‘lga qo‘yiladi.

Futbol uchrashuvlari yakuniga yetganidan keyin PFL rasmiy vakilining talabiga ko‘ra jamoadagi istalgan futbolchi (hattoki u maydonga tushmay, faqat zaxirada o‘tirgan bo‘lsa ham) doping tekshiruvi uchun olib qolinadi.

Bundan tashqari, doping tekshiruvini amalga oshiruvchi maxsus mutaxassislar istalgan jamoaning mashg‘ulotiga tashrif buyurib, istalgan futbolchini yoki butun jamoani doping tekshiruvidan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Tekshiruvlar natijasida, ta’qiqlangan moddalarni iste’mol qilgan futbolchilar aniqlansa, ularga nisbatan qat’iy jazo choralari qo‘llaniladi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda futbolchilar doping tekshiruvidan o‘tkaziladi