22:23 / 24.04.2018
3 222

Yevro-2024 Germaniyada o‘tkazilishi mumkin

Yevro-2024 Germaniyada o‘tkazilishi mumkin
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) matbuot xizmatining xabar berishicha, Germaniya 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun murojaat yubordi. Bu haqda TASS xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

«Biz ideal tashkil etilgan musobaqani o‘tkazish uchun ajoyib konsepsiyani taqdim etdik, u UYeFAga Yevropada futbolni rivojlantirish imkonini beradi.

Yevropa yuragida tashkil etiladigan 2024 yilgi chempionat barcha jamoalarga o‘z ishqibozlaridan maksimal qo‘llab-quvvatlov olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, biz turli millatdagi insonlar o‘rtasida ko‘priklar qurmoqdamiz va futbol hamda zamonaviy fuqarolik jamiyati qadriyatlarini tiklashga muhim hissa qo‘shmoqdamiz», - deya ta’kidlab o‘tdi Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel.

Ta’kidlanishicha, murojaatlarni qabul qilish 27 aprel kuni yakunlanadi. UYeFA qarorgohiga shu haftada Turkiya delegatsiyasi ham tashrif buyurib, murojaat taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2024 Germaniyada o‘tkazilishi mumkin