22:30 / 24.04.2018
4 801

Bahodir Jalolov professional boksda qachon ringga chiqishi aniq bo‘ldi

Bahodir Jalolov professional boksda qachon ringga chiqishi aniq bo‘ldi
Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov professional boksga o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Bahodir professionallar o‘rtasidagi o‘zining ilk jangini Nyu-Yorkdagi “Foxwoods Casino”da 5 may kuni o‘tkazishi aniq bo‘ldi. Biroq kuchli zarbaga ega bo‘lgan bokschimizga ushbu jangda kim raqib bo‘lishi aniq bo‘lgani yo‘q.

Sports.uz internet portali muxbiri Bahodir Jalolov bilan bog‘lanib, bo‘lajak jangga tayyorgarlik qanday o‘tayotgani va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi.

“Assalomu alaykum. Nasib qilsa 5 may kuni professional boksdagi ilk jangimni o‘tkazaman. Hozirda menga kim raqib bo‘lishini bilmayman. Biroq men shu kungi bahsga jiddiy tayyorlanmoqdaman. Biz Mayami shahrida kuniga ikki marotaba mashg‘ulotlarga qatnamoqdamiz. Xudo xohlasa ilk jangimni g‘alaba bilan boshlayman. So‘ngra, 6 may kuni yurtimizga qaytaman va ”Uzbek Tigers“ jamoasi safida 11 may kuni bo‘lib o‘tadigan jangga tayyorgarlikni davom ettiraman”, - deydi Bahodir Jalolov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov professional boksda qachon ringga chiqishi aniq bo‘ldi