22:24 / 25.04.2018
4 112

Ravshan Haydarov Indoneziyadagi xalqaro musobaqaga kimlarni olib ketdi?

Ravshan Haydarov Indoneziyadagi xalqaro musobaqaga kimlarni olib ketdi?
Avval xabar berilgandiyek, shu yilning 27 aprelidan 3 mayga qadar Indoneziyada mamlakat futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag‘ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi” o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Musobaqada vakillarimiz bilan birgalikda Indoneziya, KXDR hamda Bahrayn terma jamoalari ishtirok etadi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlikni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 apreldan “Chig‘atoy” sport bazasida boshlagandi. Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz Xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Toshkent – Kuala-Lumpur – Jakarta yo‘nalishi bo‘ylab safarga jo‘nab ketdi.

“Yubiley kubogi”ga olimpiya terma jamoamiz quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev – “Navbahor”
Umidjon Ergashev – “Nasaf”

Himoyachilar:
Husniddin Aliqulov – “Mash’al”
Husniddin G‘ofurov – “Neftchi”
Abubakr Muydinov – “Bunyodkor”
Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
Ilxomjon Alijonov – “Surxon”
Doniyorjon Narzullayev – “Nasaf”
Avazbek O‘lmasaliyev – “Neftchi”

Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullayev – “Bunyodkor”
Sanjar Qodirqulov –“ Bunyodkor”
Sharof Muhitdinov – “Nasaf”
Suxrob Nurulloyev – “Metallurg”
Oybek Rustamov – “Qo‘qon – 1912”
Nurillo To‘xtasinov – “So‘g‘diyona”

Hujumchilar:
Islom Kenjaboyev – “Nasaf”
Andrey Sidorov – “Qizilqum”
Azizbek Amonov – “Lokomotiv”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov Indoneziyadagi xalqaro musobaqaga kimlarni olib ketdi?