06:30 / 27.04.2018
3 894

Bilasizmi? “Barselona” o‘tgan yozda Salohni sotib olishi mumkin edi, biroq...

Биласизми? "Барселона" ўтган ёзда Салоҳни сотиб олиши мумкин эди, бироқ...
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘tgan yozda “Roma”dan hujumchi Muhammad Salohni sotib olishi mumkin edi.

Ma’lumotlarga qaraganda 25 yoshli misrlik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar”ning short-listida bo‘lgan. Biroq, yakunda jamoa rahbariyati 140 mln yevro evaziga Dortmundning “Borussiya” klubidan Usmon Dembeleni xarid qilishga qaror qilgan. Ta’kidlash kerakki, “Roma” o‘shanda Saloh uchun ushbu pullarning uchdan bir qismini so‘ragan, xolos.

Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida raqiblari darvozasiga jami 43 ta gol urishga erishdi va aynan u hozircha “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bilasizmi? “Barselona” o‘tgan yozda Salohni sotib olishi mumkin edi, biroq...