Tailand poytaxti Bangkok shahrida 6 kun davom etgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Unda bokschilarimiz munosib ishtirok etib, jami 1 oltin, 4 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yarim final janglarida Jahongir Rahmonov (69 kg), Navo Tamazov (75 kg) imkoniyatni boy berib, terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini taqdim etgan bo‘lsa, bugun bo‘lib o‘tgan final janglaridan so‘ng Samandar Xolmurodov (52 kg), Temur Merjanov (81 kg), Javohir Tog‘aymurodov (-91 kg) va Jamshidbek Mahmadaliyev (-91 kg) turnirning kumush medallari bilan taqdirlanishdi.
Yagona oltin medalni esa Abdumalik Xalokov 56 kg vazn toifasida qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, xotin-qizlar bellashuvlarida 60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Mahliyo Rahimova ham yarim finalgacha yetib kelib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi