09:30 / 03.05.2018
4 852

Bahodir Jalolov 6 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi

Bahodir Jalolov 6 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi
Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori, endilikda Uzbek Tigers’ning sobiq a’zosi Bahodir Jalolov joriy yilning 5 may kuni (O‘zbekistonda esa 6 may tongida) professional boksda debyut qiladi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik bokschiga prof ringdagi ilk jangida meksikalik bokschi Ugo Truxilo raqiblik qiladi. Ugo bungacha professional faoliyati davomida 5 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut bilan). Bitta jangda esa durang qayd etgan.

Shuningdek, o‘sha kuni yana bir boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Normatovga bu jangda kolumbiyalik Ronald Montes raqib bo‘ladi. Normatov prof boksda shu kungacha 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasi nokaut). Ronald esa 26 ta jang o‘tkazib, ulardan 18 tasida g‘alaba qozongan (16 ta nokaut). 8ta jangda esa u mag‘lubiyatga uchragan (7 tasi nokaut).

Jang AQShdagi Foxwoods Resort Casino arenasida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov 6 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi