09:49 / 04.05.2018
3 433

Yevropa Ligasi. "Atletiko" va "Marsel" finalda o‘ynaydi

Европа Лигаси. "Атлетико" ва "Марсель" финалда ўйнайди
2017/18 yilgi Yevropa Ligasi yarim finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi.

"Atletiko" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Shu tariqa, "Atletiko Madrid" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi juftlik o‘yinida g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimchalar bo‘limlar ham o‘tkazildi. Safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Red Bull" o‘z maydonida "Marsel"ni xuddi shu hisobda yengdi.

Hisobni 53-daqiqada Edara ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Sarr o‘z darvozasiga gol kiritib, qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkazilishini ta’minladi.

Qo‘shimcha ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Rolandu burchakdan uzatilgan to‘pni aniq darvozaga yo‘llab, jamoasini finalga olib chiqdi.

Atletiko Ispaniya – Arsenal Angliya 1:0

Gol:
1:0 – 45 Diyego Kosta.
Atletiko – Oblak, Godin, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vitolo (Korrea, 74), Parti (Savich, 90), Saul, Gabi, Koke, Diyego Kosta (Torres, 83), Grizmann.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (Chembers, 12), Uilsher (Mxitaryan, 68), Djaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Uilsher (42), Gabi (52), Monreal (58), Saul (71), Diyego Kosta (78), Mustafi (78).

Dastlabki o‘yin – 1:1.

Red Bull Avstriya – Marsel Fransiya 2:1

Gollar:
1:0 – 53 Edara, 2:0 – 65, avtogol Sarr, 2:1 – 116 Rolandu.
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer (Pongrachich, 97), Layner, Chaleta-Sar, Edara, Samasseku, Shlager (Minamino, 84), Berisha, Gulbrandsen (Xvan Xi Chxan, 69), Dabur.
Marsel – Pele, Sarr, Rami, Amavi, Payet, Luis Gustavo, Okampos, Lopes (Zambo-Angissa, 66), Toven, Sanson (Rolandu, 101), Jermen (N`Ji, 84).
Ogohlantirishlar: Sarr (35), Lopes (39), Rami (57), Edara (75), Jermen (77), Ramalo (84), Payet (84), Chaleta-Sar (94), Amavi (100), Rolandu (116), Dabur (117), Pele (120).
Chetlatish: Edara (119).

Dastlabki o‘yin – 0:2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi. "Atletiko" va "Marsel" finalda o‘ynaydi