23:20 / 04.05.2018
4 060

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qur’a tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo‘l olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Umid Ahmadjonov Dubayda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti, shuningdek, BAA milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bugun Umid Ahmadjonov Dubayda KONKAKAF vakillari AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari prezidentlari bilan ko‘rishdi. Jumladan, AQSh futbol federatsiyasi prezidenti Karlos Kardeyro, Meksika futbol federatsiyasi prezidenti Desio de Mariya Serrano va Kanada futbol federatsiyasi prezidentlari bilan suhbat chog‘ida futbol rivoji yo‘lida o‘zaro tajriba almashish, bolalar va ommaviy futbol bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish, marketing va homiylarni jalb qilish masalalarida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘z o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, AQSh, Kanada va Meksika tarixda birinchi marta 2026 yilga Jahon chempionati qo‘shmezbonligi uchun da’vogarlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, KONKAKAF vakillari uchun Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish o‘zaro manfaatli hisoblanadi.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi