18:44 / 06.05.2018
3 925

Shohjahon Ergashevning keyingi janggi qachon bo‘ladi?

Shohjahon Ergashevning keyingi janggi qachon bo‘ladi?
WBA International chempionlik kamari sohibi Shohjahon Ergashev joriy yilning avgust oyida keyingi bahsni o‘tkazishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi O‘zbekiston 24 telekanali muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tgan.

«Muxlislarni ko‘p kuttirish niyatim yo‘q. Joriy yilning avgust oyida navbatdagi jangni o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlangan. Menimcha, bu 12 raundlik chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadigan jang bo‘lishi mumkin», deydi Ergashev.

Shohjahonning ta’kidlashicha, u 2018 yilning yakuniga qadar boks bo‘yicha mutlaq chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Nyu-Yorkdagi mashhur Barclays Center sport majmuasida o‘tkazilgan boks kechasida xitoylik Vangga qarshi ringga ko‘tarilib, WBA International titutilini qo‘lga kiritgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevning keyingi janggi qachon bo‘ladi?