23:30 / 10.05.2018
2 701

«Bunyodkor»da mukofot pullari bekor qilindi, Mirjalol Qosimovning ham oyligi qisqardi

«Bunyodkor»da mukofot pullari bekor qilindi, Mirjalol Qosimovning ham oyligi qisqardi
Toshkentning «Bunyodkor» klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab jamoaning oyliklar taqsimotida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati vakili Bahodir Mirzayev Oriat dono radiosining «Futbol plyus» dasturiga ma’lum qildi.

«Ushbu mavsumdan jamoadagi moliyaviy imkoniyatlar birmuncha cheklandi. Nafaqat bizning balki bosh homiyimizning boshqa jamoalari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda xarajatlarni kamaytirish borasida topshiriqlar berilgan.

Shularni hisobga olib, klub rahbariyai futbolchilar bilan suhbatlashdi. Oyligi baland futbolchilar maoshi pasayishiga ko‘ndirildi. Mukofot pullaridan esa butunlay voz kechilgan. Faqat oylik qolgan. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning ham maoshi qisqardi», - deya gapirib o‘tdi Bahodir Mirzayev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)