17:03 / 14.05.2018
4 149

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi
Moskva shahrida futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari o‘rtasida boshlangan jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga erishdi. Bu haqda «Shampionat.asia» xabar bermoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi qur’aga ko‘ra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga «A» guruhidan joy olgandi. O‘zbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga ma’lum bo‘ladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 11 maydan 16 maygacha Moskvadagi «Sapsan-Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda 21 mamlakatning 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlaridan iborat 24 jamoa ishtirok etadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 12,13,14 may kunlari, yarim final va final o‘yinlari 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi