00:16 / 15.05.2018
3 465

«Nasaf» so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib «Neftchi»ni mag‘lub etdi​ (video)

«Nasaf» so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib «Neftchi»ni mag‘lub etdi​ (video)
Bugun, 14 may sanasida O‘zbekiston Pepsi Superligasining 12-turi doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qildi. Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida hal etildi. Qarshiliklar avvaliga 90-daqiqada Dragan Cheranning penaltini aniq amalga oshirganligi sabab hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, oradan hech qancha o‘tmay Igor Golban hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa «Nasaf» 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur natijadan so‘ng «Nasaf» 17 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi, «Neftchi» esa 5 ochko bilan hamon so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Pepsi Superliga
12-tur bellashuvi

«Nasaf» — «Neftchi» 2:0
Gollar:
1:0 — 90, penalti Dragan Cheran, 2:0 — 90+2 Igor Golban.

«Nasaf»:
35.Sanjar Quvvatov, 5.G‘olib G‘aybullayev (21.Jahongir Aliyev, 75), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev (55.Slavko Lukich, 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 52.Sherzod Temirov (20.Islom Kenjaboyev, 64), 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.

«Neftchi»: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Iskandar Shoyqulov, 3.Shukurali Po‘latov (s), 19.Avazbek O‘lmasaliyev, 20.Husniddin G‘ofurov (27.Davron Mamatov, 90+2), 22.Abdujamol Isroilov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (9.Abdul Aziz Yusupov, 74), 25.Alisher Samatov, 71.Xurshid Asqaraliyev, 90.Islombek Karimov (6.Otabek Ahmadjonov, 58), 95.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirish: Abdul Aziz Yusupov 75.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib «Neftchi»ni mag‘lub etdi​ (video)