Angliyada 2017/18 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Bu haqda Angliya premer ligasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida «Manchester Siti»ni muddatidan avval Angliya chempionligiga boshlab kelgan 47 yoshli Xosep Gvardiola e’tirof etildi.
«Shaharliklar» Gvardiola qo‘l ostida APLda 100 ochko to‘plab, 106 ta gol urdi(27 ta o‘tkazdi, to‘plar nisbati +79), 32 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 16 tasi safar o‘yinlarida. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted»ni esa 19 ochkoga ortda qoldirdi. Bularning barchasi Angliya premer ligasi tarixidagi rekord ko‘rsatkichlar sifatida qayd etildi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga, shuningdek, Yurgen Klopp («Liverpul»), Shon Daych («Bernli»), Roy Xojson («Kristal Pelas»), Rafael Benites («Nyukasl»), Kris Xyuton («Brayton») ham da’vogarlik qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi