18:25 / 16.05.2018
4 174

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlariga kuchli raqiblar topish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehronning «Ozodiy» stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

«Endi esa ko‘plab o‘zbekistonlik futbol muxlislarining xohish-istaklarini inobatga olgan holda, Milliy olimpiya qo‘mitasining Prezidenti hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning Qatar futbol federatsiyasi bilan imzolagan memorandumiga asosan, FIFA kuni hisoblangan 2018 yilning 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishildi», — deb yozmoqda O‘FA rasmiy sayti.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi