Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada federatsiya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, qora belbog‘ 6-DAN sohibi Nurxon Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab quvvatlashdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
N.Nafasovga qisqa fursat ichida federatsiya faoliyatini tubdan isloh qilish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini yaratish, terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi