20:40 / 17.05.2018
4 199

Ertaga Eron bilan bahsda kim hujumda o‘ynaydi?

Ertaga Eron bilan bahsda kim hujumda o‘ynaydi?
Ertaga nasib qilsa O‘zbekiston MTJ Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bizni xursand qiladigan tomoni bu uchrashuvda faqat yosh futbolchilarimiz o‘ynaydi. Nasib qilsa to‘rt oydan so‘ng shu futbolchilar Indoneziyada o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilishi lozim.

Hozirdan bu o‘yin haqida biror fikr bildirish qiyin. Chunki murabbiylar shtabining o‘z qarashlari bo‘ladi. Bu haqida faqat o‘yindan so‘ng biror narsa deyish mumkin. Ammo bir masala borki, bu haqida hozirdan gapirsak bo‘laverar - hujumchilar. Bu masala bizda anchadan buyon muammo va ishoning, aynan shu narsa Eron – O‘zbekiston bahsini tomosha qilishga asosiy sabab bo‘ladi.

Eronga qarshi o‘yinda hujum chizig‘ida ikki futbolchi o‘ynashi kutilmoqda - Zabihillo O‘rinboyev va Andrey Sidorov. Oldindan aytamiz, O‘rinboyev va Sidorovga hech qanday e’tiroz yo‘q. Bu yigitlar qishda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bizga olam-olam quvonch bag‘ishlagan. Endi milliy terma jamoa eshigini taqillatmoqda va bundan xursandmiz. Ammo tan olish lozim, hujumchilar masalasi baribir bizda g‘arib va muammo bo‘lib turibdi. Qisqasini aytganda - borimiz shu. Xo‘sh, O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabi bu masalani qanday hal qiladi? Bunisini nasib qilsa ertaga bo‘ladigan o‘yinda ko‘rib olamiz...

Terma jamoamiz qanday uslubda o‘ynaydi? Ayniqsa hujumda qanday harakat qiladi? Bu savollarga javobni ertaga olamiz va ko‘p hollarda u avgustda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlariga ham ta’sir o‘tkazadi. Xullas, shunaqa gaplar. Eron – O‘zbekiston bahsini o‘tkazib yubormang...
Abdulloh


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga Eron bilan bahsda kim hujumda o‘ynaydi?