10:21 / 22.05.2018
3 220

Eronga qarshi o‘yin bizga nima berdi?

Eronga qarshi o‘yin bizga nima berdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. Ammo kim nima desa desinu, lekin bu uchrashuvning o‘zbek futboli uchun foydasi ancha katta bo‘ldi.

Chunki aynan shu tarkib ikki oydan so‘ng Osiyo o‘yinlari va nasib qilsa ikki yildan so‘ng Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi lozim.

Balki hammasi emasdir, ammo Tehronda maydonga tushgan futbolchilarning aksariyati Olimpiya terma jamoasi a’zolari hisoblanadi. Va ular Eronga qarshi kechgan bahsda juda qimmatli tajribaga ega bo‘lishdi. Tajribaki, kelajakda nasib qilsa oltinga mengzaladi.

Ammo bu hali hammasi emas. Eronga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida yana bir qimmatli jihat bor. Ya’ni, forslarni Rossiyadagi jahon chempionatiga olib boradigan Karlush Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishga nomzodlardan bo‘lib turibdi. Balki bu gaplar hozircha shunchaki mish-mish darajasidadir. Ammo portugaliyalik murabbiy rostan ham yurtimizga keladigan bo‘lsa, kechagi o‘yin uning uchun ham katta foyda keltirishi shubhasiz. Zero endi u yaqin kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilarning imkoniyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi va kim biladi, deysiz, balki tegishli xulosalarni chiqarib ham ulgurgandir.

To‘g‘risini aytsam, shaxsan o‘zim Keyrush ikki oydan so‘ng O‘zbekiston MTJ boshqaruviga tayinlanishiga ishonmoqdaman. Nimaga? Chunki mundialda ishtirok etishi kutilayotgan Eron terma jamoasi kutilmaganda yoshlar bilan kelishi deyarli aniq bo‘lgan O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishga rozi bo‘lganiga nima deysiz? Balki portugaliyalik murabbiy kimlar bilan ishlashini hozirdan ko‘rishni istagandir?

Nima bo‘lgan taqdirda ham Eronga qarshi kechgan o‘yin biz uchun foydali bo‘ldi. Undagi mag‘lubiyatga esa e’tibor bermang. Zero mana shunday o‘yinlar orqali Hamrobekov, G‘aniyev, Sidiqov, Ashurmatov va Komilovlar tajriba to‘playdi. Endi kelajak ularning qo‘lida...
Abdulloh

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronga qarshi o‘yin bizga nima berdi?