15:57 / 23.05.2018
3 672

Jahon chempionati hakamlaridan biri 25 yildan beri chiqindixonada ishlaydi

Jahon chempionati hakamlaridan biri 25 yildan beri chiqindixonada ishlaydi
JCh-2018 musobaqasida ishlaydigan panamalik hakamlar brigadasining bir a’zosi g‘aroyib tarixga ega.

Bosh hakamning yordamchisi Gabriel Viktoriya 25 yildan beri ko‘chalarni chiqindidan tozalamoqda, deb yozadi Kun nashri.

Gap shundaki, Panamada hakamlarga faqat har bir ishlagan o‘yini uchun pul to‘lanadi. Gabriel so‘zlariga ko‘ra, gonorarlar juda kam va unga kun kechirish qiyin. Shuning uchun, u 1993 yildan beri ko‘chalarni chiqindidan tozalash bilan shug‘ullanyapti.

«Ertalab soat 5.00da ishga chiqaman, kechqurun esa futbol maydonida shug‘ullanaman. Menga og‘ir emas, har ikkala kasb ham yoqadi. Hamkasblarim bilan munosabatlarim yaxshi, biz hech narsadan nolimaymiz» - dedi Gabriel.

Qizig‘i shundaki, og‘ir ish sharoiti Viktoriyaga hakamlik faoliyatida yuqoriga ko‘tarilishga halal bermayapti. U 2015 yilda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida, 2016 yilda Amerika Kubogida, 2017 yilda o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishlagan.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati hakamlaridan biri 25 yildan beri chiqindixonada ishlaydi