07:30 / 24.05.2018
3 447

Sarri «Napoli»dan ketdi, o‘rniga Karlo Anchelotti keldi

Sarri «Napoli»dan ketdi, o‘rniga Karlo Anchelotti keldi
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste’fosini e’lon qildi va shu kunning o‘zidayoq yangi murabbiyni tanishtirdi.

«Mauritsio Sarriga «Napoli»dagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning o‘yin uslubi barchani lol qoldirdi. Bravo, Mauritsio!», – deb yozadi De Laurentis tvitterdagi sahifasida.

Sarrini iste’foga chiqargan neapolliklar darhol jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirib ulgurdi. Italiyalik mashhur futbol mutaxassisi Karlo Anchelotti «Napoli» bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Sarrining esa Rossiyaning «Zenit» klubida ish boshlashi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri «Napoli»dan ketdi, o‘rniga Karlo Anchelotti keldi