07:02 / 26.05.2018
3 469

Makron futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Rossiyaga keladi

Makron futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Rossiyaga keladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

«Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh vaqtida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun borishni rejalashtirmoqdaman. Musobaqaning boshidan borib qo‘llab-quvvatlay olmasligim mumkin, ammo, agar terma jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun albatta boraman.

Tabiatan juda optimist odamman va shu boisdan ham bir necha haftadan so‘ng terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga boraman deb ayta olaman. Balki o‘shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishishim mumkin bo‘ladi», – degan Makron.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makron futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Rossiyaga keladi