23:57 / 25.05.2018
3 636

Shota Arveladze: "Toshkentga futbol qaytayotganidan xursandman"

Шота Арвеладзе: "Тошкентга футбол қайтаётганидан хурсандман"
Superliganing 13-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" ustozi Shota Arveladze qatnashdi.
- Birinchi navbatda muxlislarga tashakkur. Bugun stadionda ajoyib muhit hukmronlik qildi. Nihoyat Toshkentga haqiqiy futbol qaytayotganidan xursandman. Chunki futbol avvalo ular uchun va ishqibozlarsiz futbol o‘ynashdan ma’no yo‘q. "Paxtakor" muxlislarni futbolga qaytarish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda.

O‘yin davomida jamoalar tavakkalga qo‘l urishni istashmadi. Birinchi taym bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda tashabbusni raqibga bergan holda qarshi hujum taktikasidan ham foydalanmoqchi bo‘ldik. Ammo qarshi hujumda vujudga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Natijadan ko‘nglim to‘ldi. Muhim o‘yinda g‘alaba qozondik. Derbidagi g‘alaba doim yoqimli bo‘ladi.

Tiago Bezerra: "G‘alaba uchun yaratganga tashakkur. Birinchi bo‘limda o‘yin tizgini biz tomonda bo‘ldi. Tanaffusdan keyin esa himoyaga e’tibor qaratgan holda qarshi hujum taktikasida o‘ynadik. Muhim va derbidagi g‘alaba kishini xursand qiladi. Hozir g‘alabani nishonlash uchun yaxshi fursat. Ammo bu hushyorlikni yo‘qotamiz degani emas".

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Toshkentga futbol qaytayotganidan xursandman"