14:26 / 26.05.2018
2 878

Shahram G‘iyosov navbatdagi jang sanasi ma’lum qildi

Shahram G‘iyosov navbatdagi jang sanasi ma’lum qildi
Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi uchinchi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Sportchi 23 iyun kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqida G‘iyosov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Hozircha, ushbu jangda Shahramga kim raqib bo‘lishi noma’lum. Ayni paytda u mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)