07:30 / 29.05.2018
4 108

"So‘g‘diyona" "Nasaf" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

"Сўғдиёна" "Насаф" футболчиси билан келишувга эришди
Kuni kecha "Nasaf"ning vingeri Jasur Hasanov jamoadan ketgani haqida xabar bergandik.
Jasur Hasanovga "So‘g‘diyona" tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida aytilgandi. Jizzaxliklar transfer oynasi ochilishi arafasida Jasur Hasanov bilan muzokaralar olib borilgan va og‘zaki kelishuvga erishilgan. "So‘g‘diyona" futbolchini transfer oynasi ochilganidan so‘ng rasman ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin, deb yozadi championat.asia.

"Nasaf" bilan amalda yil yakuniga qadar shartnomasi mavjud bo‘lgan Hasanov jamoani erkin agent sifatida tark etdimi yoki transfer uchun jizzaxliklar "Nasaf"ga qanchadir miqdorda pul o‘tkazib berishadimi, hozircha bu noma’lum.

"Nasaf"dagi moliyaviy muammolar tufayli futbolchilar maoshlarini o‘z vaqtida olishmayotgani uchun ham futbolchilar jamoani erkin agent sifatida tark etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ancha avval "Nasaf"ning bir qator futbolchilariga "So‘g‘diyona" tarafidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabar bergandik. Xususan, jizzaxliklar "Nasaf"ning yana bir qator legionerlari va asli mahalliy futbolchilarga ham qiziqishayotgandi. Yaqin orada "So‘g‘diyona" tarkibi yana "Nasaf" futbolchilari bilan kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" "Nasaf" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi