15:02 / 01.06.2018
3 929

Serxio Ramosga o‘ldirish bilan tahdid qilishdi

Serxio Ramosga o‘ldirish bilan tahdid qilishdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramosga noma’lum shaxslar telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilishgan.

COPE ma’lumotiga ko‘ra, noma’lum shaxslar bilan ispaniyalikning oila a’zolari muloqot qilgan, shundan so‘ng ular telefon raqamlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Qo‘ng‘iroqlarga Chempionlar ligasi final o‘yinidagi hodisa sabab bo‘lgan. “Qaymoqranglilar”ning 32 yoshli sardori uchrashuv davomida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan to‘qnashib ketdi. Natijada misrlik yelkasidan jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi.

“Real” finalda “qizillar” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi va Chempionlar ligasi kubogi sohibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serxio Ramosga o‘ldirish bilan tahdid qilishdi